2021 yilning 4 Mayida O’zDJTUda «O’zbekiston – Hindiston: San’at, Ilm – fan va Ijtimoiy sohalardagi tadqiqotlar» Forumi davra suhbati shaklida bo’lib o’tdi. Yig’ilshning hurmatli mehmonlari bo’lib, Hindostonning O’zbekistondagi elchisi janob Shri Manish Prabxat, Xalqaro aloqalar mutaxassisi va Hind jamg’armasi a’zosi Shakti Sinxa, Lal Baxadur Shasti nomidagi Hind madaniyati markazi direktori Chander Shekxar, shuningdek, Hindiston Madaniyati, San’ati, Ilm – fani va Tarixi bo’yicha ma’ruzalarini taqdim qilgan bir qator mahalliy tadqiqotchilar bo’ldilar. Ikkinchi chet tili sifatida Hind tilini o’rgangan, O’zDJTU rektori U. Azizov, forum ishtirokchilarini qutlab, chet tillarining Xalqaro Integratsiyasi va Hamkorligidagi o’sayotgan o’rin haqida ta’qidlab o’tdi. Uchrashuv davomida O’zDJTU va Hindiston Elchixonasi o’rtasida Madaniyat, San’at va Ilm – fan sohalaridagi aloqalarini yanayam mustahkamlash va rivojlantirish haqida kelishib olindi.





Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»
