2018 yil 1 mart kuni Kanada elchixonasining vitse-konsuli va Savdo ishlari bo’yicha birinchi kotibi Korinna Petrisor universitet rahbariyati bilan uchrashdi.
Rektor G.Rahimov va xonim Petrisor ikki tomonlama munosabatlar yangi darajaga yetganini ta’kidladi.
Bugun Korinna Petrisorga Waterloo universiteti vakili janob Grant Leach va Kanadadagi Xalqaro til akademiyasi ILACning vakili Alyona Habibulina hamrohlik qildilar.
Uchrahuvda tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, buning uchun mamlakatda keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladilar.