Home Tashriflar YAPONIYANING VAKAYAMA UNIVERSITETI BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

YAPONIYANING VAKAYAMA UNIVERSITETI BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

by Shokirjon Kholmatov

2020-yilning 18-fevral sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Yaponiyaning Vakayama universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Mehmonlar Vakayama universiteti prezidenti Chixiro Ito va Turizm tadqiqotlari markazi mas’ul xodimi Kazuye Nakamoto O’zDJTU kampusi bilan tanishdilar. Shundan so’ng, universitet Axborot-resurs markazida yaponiyalik vakillar uchun talabalar ishtirokida qisqa madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir yakunlanganidan keyin Vakayama universiteti prezidenti Chixiro Ito va Turizm tadqiqotlari markazi mas’ul xodimi Kazuye Nakamoto O’zDJTU rektori G’anisher Xudoyqulovich Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar Vakayama universiteti bilan hamkorlikda turizm va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlash; talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; O‘zDJTUda Karyera markazini tashkil qilish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, ikki universitet o’rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ma’lumot o’rnida, O’zDJTU rektori, professor G’. X. Raximov 2019-yilning 21-noyabr kuni Vakayama universitetiga tashrif buyurgan edi. Vakayama universiteti Yaponiyaning turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri va bu yo’nalishdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazi sifatida e’tirof etilgan.

You may also like

Leave a Comment