Home Tashriflar O’zDJTU da «XXI asr ko’nikmalarini chet tillarni o’qitish dasturiga integratsiyalash» mavzusida xalqaro onlayn konferensiya bo’lib o’tdi.

O’zDJTU da «XXI asr ko’nikmalarini chet tillarni o’qitish dasturiga integratsiyalash» mavzusida xalqaro onlayn konferensiya bo’lib o’tdi.

by Shokirjon Kholmatov

2020 yil 7 mart kuni O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy – amaliy markazi va Tsukuba universiteti tomonidan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida «XXI asr ko’nikmalarini chet tillarni o’qitish dasturiga integratsiyalash» mavzusida xalqaro onlayn konferentsiya bo’lib o’tdi.

 

Konferentsiyaning kirish qismida O’zDJTU Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.i Abidjanov nutq sozladilar. Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakili so’zga chiqib, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik ruhida rivojlanib borayotgani haqida gapirdi.

U o’z nutqini mezbonlarga minnatdorchilik bilan tugatdi va bunday konferentsiyalar yana o’tkazilishiga umid bildirdi. Shundan so’ng Tsukuba universiteti professori Ono Masaki JSPS ijtimoiy talablarga javob bera oladigan va O’zDJTU, TDShI, Qohira universiteti va boshqa xalqaro universitetlar bilan ilmiy tadqiqotlar olib borishga tayyor bo’lgan o’qituvchilarni tayyorlash rejasi haqida gapirib berdi. Va nihoyat, Toyo universiteti dotsenti Xirahata Nami universitetning malakali kadrlar tayyorlashga ko’proq yapon tili o’qituvchilarini jalb qilish niyati haqida gaplashdi.

You may also like

Leave a Comment