2020-yil 27-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkentdagi Hindiston Madaniyat markazi direktori Shekhar Chander janoblari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zDJTU rektori U.B.Azizov,Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorector A.S.Abidjanov, Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’I H.I.Yuldashev, jurnalistika fakulteti dekani A.Karimov va Axborot-resurs markazi direktori S. Qayumovalar ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuvda Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari (Deli universiteti va boshqalar) bilan hind va ingliz tillarini o’qitish, jurnalistika, AKT kabi yo’nalishlarda hamkorlik o’rnatish va rivojlantirish, talaba, o’qituvchi, ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi, jumladan Hindiston Tashqi ishlar vazirligining ITEC va ICCR dasturlari doirasida ajratiladigan grantlarda qatnashish, O’zDJTUda Til va madaniyat markazini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shekhar janoblari Hindiston OTMlari bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirish, talaba, o’qituvchi va ilmiy-tadqiqotchailarning o’quv kurslarida ishtirok etish hamda malaka oshirishlarini uchun Hindistonga yuborish, O’zDJTUda tashkil etilishi rejalashtirilgan markaz uchun texnik vositalar, o’quv adabiyotlari, turli yo’nalishlar bo’yicha electron darsliklar ajratishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.