2020 yil 10 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Pskov davlat universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Parfyonov Arseniy Andreevich, A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zDJTU rektori U. Azizov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Abidjanov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va Rus filologiyasi fakulteti dekani F. Abduraxmonov ishtirok etdi.
A.A. Parfyonov, o‘z navbatida, Pskov davlat universiteti haqida gapirib o‘tdi. Jumladan, PskovDUda 10 000 nafar talaba, shuningdek 1000 nafarga yaqin xorijiy fuqarolar tahsil olishi, 20 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi, yuqori salohiyatga ega “Rus tili xorijiy til sifatida” yo‘nalishi mavjudligi, xususan ushbu universitet rus tili bo‘yicha testlar olish va sertifikatlar berish vakolatiga ega sanoqli Rossiya OTMlaridan biri ekanligini ma’lum qilindi.
U. Azizov O‘zDJTU Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikda “Rus tili xorijiy til sifatida” bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilayotganligi sababli psixologiya, sosiologiya yoki boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ikkta diplom dasturini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.
A. Abidjanovning ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan holda, PskovDU bilan birgalikda O‘zR Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zDJTU bazasida migrantlar uchun rus tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash va sertifikatlashtirish markazini tashkil qilish taklifini berdi. Shuningdek, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, talabalarning amaliyotini tashkil qilish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil qilish, o‘qituvchilar malasini oshirish sohalarida hamkorlik qilish mumkinligini aytib o‘tdi.
A. Parfyonov PskovDU hamkorlik qilish va barcha masalalarni ishchi tartibda muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi.