2020 yil 20 noyabr kuni Germaniyaning Konstans amaliy fanlar universitetining ilmiy tadqiqotchisi va talabalari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqotda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Abidjanov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakul’teti dekani O. Po‘latov hamda ushbu fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Onlayn muloqot chog‘ida Konstans universiteti mutaxassislari va talabalari bilan birgalikda Turizm menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek 26-28 noyabr kunlari hamkor oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish” masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar zikr etilgan masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar va istiqbolda hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Germaniyaning Konstans amaliy fanlar universiteti vakillari bilan onlayn muloqot
previous post