2021-yil 19-yanvar kuni Belgorod davlat universiteti vakillari bilan onlayn muloqot bo’lib o’tdi.
Muloqotda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor va Qo’shma ta’lim dasturlari bòlimi boshli’gi H. Yuldashev ishtirok etdi. Muloqot davomida tomonlar ta’lim muassalari faoliyati va xalqaro aloqalari haqidagi ma’lumotlar bilan almashdilar.
Belgorod davlat universiteti Rossiyaning xalqaro reytinda etakchi o’rinlarnni egallagan oliy ta’lim muassasi bo’lib, O’zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlart chet tillar instituti, Silk Road Xalqaro turizm universiteti, Qarshi davlat universitetlari bilan turli sohalarda ish olib bormoqda. Ular O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan ham o’zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirishga katta qiziqish borligini e’tirof etishdi.
Har ikki tomon o’z takliflarini ma’lum qildi va kelgusida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.