Bu hamkorliklar doirasida o’tkaziladigan amaliy loyihalar va uchrashuvlarda ta’lim sohasidagi so’nggi o’quv va tadqiqot tajribalari o’rganiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Dunyoning nufuzli ta’lim muassasalari nafaqat talaba va o’qituvchilarga tajriba beradi, balki, o’zaro malaka almashishda ham katta ahamiyatga ega. Bu, o’z navbatida, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

2021 yil  10 mart  kuni  O’zbekiston  davlat  jahon  tillari  universiteti  Roman – german  filologiyasi  fakulteti  va  Meksika  Avtonom  Milliy  universiteti  Tillar  fakulteti  bilan  Zoom  dasturi  orqali  xalqaro  online  anjuman  bo’lib  o’tdi.  Bu  anjumanda,  shuningdek  Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o’zbek  tili  va  adabiyoti  universiteti  mutaxassislari  ham  qatnashdilar.
 Xalqaro  anjumanni  O’zDJTU  Ispan  tili  nazariyasi  va  amaliyoti  kafedrasi  dotsenti  Dilrabo  Baxronova,  Meksika  Avtonom  Milliy  universitetidan  professor  Virna  Velazkezlar  boshqardi.  Anjumanda  Tillar  fakulteti  dekani  Xose  Alfredo  Sanches  Guadarrama,  Roman – german  filologiyasi  fakulteti  dekani  Adilbek  Xalillayev,  Ispan  tili  nazariyasi  va  amaliyoti  kafedrasi  o’qituvchisi  Iroda  Turamuratova  va  boshqalar  ma’ruza  qildilar.

Meksika  va  O’zbekiston  o’rtasida  ushbu  universitetlararo  muvofiqlashtirilgan  madaniyat  va  ta’lim  bo’yicha  tadbir  doirasida  3ta  konferensiya  o’tkazilishi  rejalashtirilgan.