2021 yil 17- aprel kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti binosida «Yapon tilida notiqlik san’ati» tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlov Yaponiyaning O’zbekistondagi Elchixonasi, O’zbekiston yapon tili o’qituvchilari jamiyati, Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti tomonidan tashkil etildi.
Tanlov Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Fujiyama Yoshinori va TDShU rektori Gulchexra Rixsievaga nutqi bilan ochildi.
Marosimga faxriy mehmonlar tashrif buyurishdi: Nagoya universitetining O’zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori-Elmurodov Eldorjon,yapon tili mutaxassisi-Imamura Elichi, O’zDJTU Xalqaro aloqalar prorektori -Abidjanov Alisher va Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Xalqaro hamkorlik prorektori- Rahmonov Dilshodjon.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki,tanlovda O’zbekistonning nufuzli Oliy o’quv yurtlari talabalari, jumladan Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi Universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti, Toshkent Davlat Yuridik Instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti, Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti, shuningdek O’zbek-Yapon Markazi va yana bir qator markazlar vakillari ishtirok etishdi. 20 nafar ishtirokchilar ichida uch nafari – Eshpulatov Feruz , Nazarova Sarvinoz , Juraqulova Yaxshigul O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabalari bo’ldi.
Ushbu tadbir videosiga havola: https://youtu.be/lynGA0JGNuY
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»