Home Yangiliklar 19-aprel kuni «Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi o’z ishini boshladi.

19-aprel kuni «Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi o’z ishini boshladi.

by Shokirjon Kholmatov

Konferensiyani xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A. Abidjanov kirish so’zi bilan ochib, konferensiya ishida bir qator yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.

Jumladan, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti DAAD ma’ruzachisi Simon Kretschmer, Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti “Xalqaro munosabatlar” bo’limi boshlig’i, PhD Minhee Lee, O’zDJTU italyan tili o’qituvchisi Paoli Legler Marko konferensiyada o’z taqdimotlari bilan chiqish qildilar.

Shuningdek, TATU “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori Bobomurodov Ozodbek Jo’rayevich ham o’z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Ma’lumot o’rnida, mazkur konferensiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti, IT-Park, «O‘zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-elektron jurnal va Internet portali hamkorligida bo’lib o’tmoqda.

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

You may also like

Leave a Comment