2021-yil 19-20 avgust kunlari Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasida ERASMUS+ dasturining hissasi va ta’sirini o’rgangan milliy tadqiqot natijalari to’g’risida onlayn muloqot bo’lib o’tdi.
Onlayn uchrashuvga respublikaning 65 ta oliy o’quv yurtlari vakillari va O’zDJTUdan Xalqaro aloqalar bo’yicha ma’sul hodimlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida tadqiqot natijalari va tavsiyalari bo’yicha munozara va fikr almashildi.
Muloqot davomida, tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalari va muassasalarning Erasmus+ loyihalari doirasida orttirilgan muvaffaqiyatli tajribalari taqdim etildi.
Shuningdek, Joriy yil kuz oyida e’lon qilinadigan ERASMUS+ loyihalar tanlovida noakademik ishtirokchilar ro’yhatini kengaytirish va iqtisodiyot, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, qishloq sohalar, bo’yicha kelajagdagi loyihalarni muhokama qilishdi.
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»