Home Yangiliklar AQShlik malakali mutaxassis bilan uchrashuv

AQShlik malakali mutaxassis bilan uchrashuv

by Shokirjon Kholmatov

2021 yil 10 sentyabr’ kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh Davlat departamenti granti asosida dars berish uchun yuborilgan ingliz tili mutaxassisi Jadson Rayt bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda rektor U.B. Azizov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Abidjanov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, 2-ingliz tili fakul’teti dekani T. Madraximov va kafedra mudiri Ya. Abduraimovalar ishtirok etdilar.

U. Azizov universitet faoliyati hamda AQShlik mutaxassislar ishtirokida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Jadson Rayt kelgusidagi rejalari, universitetda ingliz tilini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan masalalar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Jadson Rayt ko‘p yillar davomida AQSh ta’lim muassasalarida ingliz tilidan mashg‘ulotlar olib borgan, Oksford Yuniversiti Press va boshqa shu kabi taniqli nashriyotlarda faoliyat olib borgan, so‘nggi 3 yil davomida Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilidan dars bergan. Uchrashuv qatnashchilari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

You may also like

Leave a Comment