Home Tashriflar O’zDJTUda an’anaviy Yevropa tillari kuni bo’lib o’tdi.

O’zDJTUda an’anaviy Yevropa tillari kuni bo’lib o’tdi.

by Shokirjon Kholmatov

2021-yil 24-sentyabr kuni O’zDJTUda an’anaviy “Yevropa tillari kuni” tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasidagi Shvetsariya elchisi Konstantin Obolensky, Gruziya elchisi Alexander Kipiani, Germaniya Federativ Respublikasi elchisining yordamchisi A. Volken, mamlakatimizdagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi elchisi Sharlotte Adrian xonim va Fransiya elchixonasining Madaniyat va hamkorlik bo’yicha maslahatchisi Laurent Oriol va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirni O’ZDJTU rektori Ulugbek Azizov kirish va qutlov so’zi bilan ochib berdi.

Mazkur elchixonalar tomonidan o’z mamlakatlari madaniyati va tarixiga oid ko’rgazma va plakatlarni o’z ichiga olgan stendlar tashkil etildi, tadbir ishtirokchilariga universitetlarda turli yo’nalishlar bo’yicha tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, turli fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan chet tillaridagi bir qator qo’shiq, raqs va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

You may also like

Leave a Comment