22 oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ispaniya poytaxti Madridda joylashgan “Cremades Calvo-Sotelo” professional advokatlar maslahat kengashi a’zosi, Xalqaro Paneuropa Ittifoqi Prezidiumi Kengashi a’zosi va maslahatchisi, Qirol Xuan Karlos nomidagi universitet professori Karlos Uriarte Sanchez bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Janob Sanchez O’zbekistonda ispan tilining rivojlanish tendensiyalari bilan qiziqdi. Kelgusida amaliy ahamiyatga ega loyihalar tuzish to’g’risida kelishuv ishlari olib borildi.