Home Tashriflar Frantsiyaning Serji Pontuaz universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Frantsiyaning Serji Pontuaz universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

by Shokirjon Kholmatov

O‘zbeksiton davlat jahon tillari universitetida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Serj Bellin boshchiligidagi Frantsiyaning Serji Pontuaz universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Versal Аkademiyasi huzuridagi o‘qituvchilar tayyorlash milliy oliy instituti (INSPE) Xalqaro aloqalar bo‘limi boshligʼi Lyuk Dalarmelina hamda Serji Pontuaz universiteti o‘qituvchilari – Loran Аleksandr, Fransuaz Ravez, Аrian Bax, Kristel Kamsyuza, Edit Tade ishtirok etdi.

 

Muloqot Yevropa Ittifoqi Erasmus + dasturi loyihasi muhokamasi bilan boshlandi. Tomonlar talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinishini yo‘lga qo‘yish, birgalikda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar almashinuvi hamda boshqa manfaatli masalalar atrofida fikr almashdi.

You may also like

Leave a Comment