Home Yangiliklar «SIZ JAZOIRNI BILASIZMI?» TANLOVI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

«SIZ JAZOIRNI BILASIZMI?» TANLOVI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

by UzSWLU International

2022-yil 17-may kuni “Siz Jazoirni bilasizmi?” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jazoirning O‘zbekistondagi elchisixonasi tomonidan tashkil etildi. Tanlovga O’zDJTU rektori U.Azizov hamda Jazoirning O’zbekistandagi favqilodda va muxtor elchisi Naser Busherit boshchilik qilishdi.

Tanlov Jazoir mustaqilligining 60 yilligi hamda Jazoir va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida o‘tkazildi.

 

Ushbu tadbir, Jazoir haqidagi qisqa metrajli hujjatli film namoyishi, Jazoir elchisining “Bir Jazoir farzandining achchiq tajribasi” kitobining taqdimoti bilan boshlandi. O‘zbekistonda fransuz va o‘zbek tillarida chop etilgan kitobda bir bola Jazoir ozodlik urushi haqida gapiradi. Ta’kidlab o’tish joizki, Naser Busherit  janoblari o‘zining ushbu kitobini 30 nusxada  universitet kutubxonasiga taqdim qildi.

Tanlovda Jazoir va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarix, geografiya, siyosat, sport, madaniyat va munosabatlarga oid umumiy ruxdagi 30 ta savolga javoblardan iborat bo‘ldi.

Elchi janoblari raisligidagi Qo‘shma hakamlar hay’ati natijalarni o‘rganib chiqib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professorlari-o’qituvchilari ishtirokida dastlabki uch nomzodni alohida mukofotlar bilan taqdirlashga qaror qildi. Faxriy mukofotlarga ega 30 ta eng yaxshi nomzod ham o’z yutuqlarini qabul qilib olishdi.

Universitet talabalari tomonidan o‘qilgan she’r va qo‘shiqlar dasturni yanada jonlantirdi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi shodu-xurramlik va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Ma’lumot o’rnida. Tadbir boshlanishidan avval, janob Nosir Bucherit va universitet rektori Ulug‘bek Azizov universitetnijng tashriflar zalida tashkil etilgan “Jazoirning qadimiy va zamonaviy me’morchiligi” fotoko‘rgazmasini ko’zdan kechirdilar. Ko’rgazma tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga, asrlar davomida Jazoirning me’moriy merosi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini berdi.

You may also like

Leave a Comment