Bugun, 2022-yil 19-may kuni Adigey davlat universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Tlekhatuk Susanna Ruslanovna boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Kunning birinchi yarmida, mehmonlar ikki universitet o’rtasida imzolangan Q’o’shma ta’lim dasturi bo’yicha o’qib kelayotgan talabalar va ulurning ota-onasi bilan uchrashib, ularni qiziqtirayotgan barcha savollarga javob berishdi.
Shu kuni Adigey davlat universiteti delegatsiyasi rektor U.Azizov boshchiligidagi O’zDJTU rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko’rib chiqdilar. Jumladan, hamkor universitetlar “3+1” qo‘shma ta’lim dasturi faoliyatini, o‘qishni davom ettirish uchun talabalar Adigey davlat universitetiga borishi masalasini, shuningdek, yangi ta’lim dasturlarini joriy etish orqali o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirishni muhokama qildilar.
Uchrashuvda ADUning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori S.R.Tlexatuk, ADU Media Markazi direktori I.X.Tliustangelova, O‘zDJTUning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Abidjanov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i M.A.Mallayev, ADUning O‘zbekistondagi vakili M.Ch.Aliyev va boshqalar qatnashdilar.