2022 yil 25-may kuni Belgiyaning Mons universiteti akademik mobil dasturlari koordinatori D.A. Baladina O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.
Mehmon O’zDJTUning Rus filologiyasi fakulteti dekani o’rinbosari V.A. Lyamkina, rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Sh.M. Sultanova, rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri N.M. Petruxina, hamda fransuz tili amaliy fanlari kafedrasi mudiri Z.B. Davronovalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar talabalar va kafedra professor-o‘qituvchilari almashinuvi, ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga oid qator masalalarni muhokama qilishdi.