Bugun, 30-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O’zbekiston va Hindiston: strategik sheriklikning yangi istiqbollari” mavzusida ilmiy anjumanI bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman Hindistonning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjuman xalqaro doirada bo’lib, unda Tojikiston milliy universiteti Xorijiy masalalarni o’rganish kafedrasi professori Abdug’ani Mamadazimov, Hindistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Hindiston madaniy aloqalar Kengashi bosh direktori Tuxin Kumar, Hindistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, professor, La’l Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chander Shekhar kabi xorijiy mehmonlar, shuningdek, soha olimlari, tadqiqotchilar va O’zDJTU vakillari ishtirok etdilar.