Bugun, 2022-yil 3-iyun kuni, AQShning Arizona universiteti professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida 15 nafar AQShlik mehmonlarga universitet haqida batafsil ma’lumot berilib, uning hayotidan video-lavha namoish etildi. So‘ng O‘zDJTU va Arizona universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Xalqaro masofaviy loyiha” haqida va “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun oz’bek tili A1” interaktiv darsligi haqida ma’lumotlar berildi.
Qolaversa, universitet magistranti Mavlonbek Safarov tomonidan yaratilgan 8 tilni o‘rgatuvchi robot taqdimoti barcha yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar tomodina ijro etilgan badiiy chiqishlar tadbirga samimiy yakun yasadi.