O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) va Adigey davlat universiteti (ADU) bilan amalga oshirilayotgan:
- “Lingvistika: tillar va madaniyatni o‘qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili )” (MDLU);
- “Rus tili xorijiy til sifatida” (ADU);
- “Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (kompyuter lingvistikasi)“ (ADU)
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalari (OTM)dan talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun 2022 yil 20 iyuldan boshlab hujjatlar qabul qilinadi.
Qo’shma ta’lim dasturlariga o’qishni ko’chirish O’zbekistion Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan kvota doirasida amalga oshiriladi.
O‘qishni ko‘chirish uchun hujjatlar faqat xorijiy yoki O‘zbekiston OTMlarida o‘qishning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli tugatib ikkinchi bosqichga o‘tgan hamda filologiya (tilshunoslik), matematika, dasturlash, tillarni o‘qitish metodikasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mos yo‘nalishlarda ta’sil olayotgan talabalardan qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi UzDJTU rektori nomiga ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, ko‘chirish sabablari, ko‘chirish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
- talabaning birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi.
Chet tillarda (ayniqsa turkman, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarda) yozilgan barcha hujjatlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lishi va nusxalari notarial tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Rus tilida yozilgan hujjatlar tarjima qilinishi shart emas.
O‘qishni ko‘chirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
–birinchi bosqichda “Lingvistika: tillar va madaniyatni o‘qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) yo‘nalishiga hujjat topshirganlar MDLU va O‘zDJTU qo‘shma komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan ingliz va rus tillaridan
hamda
“Rus tili xorijiy til sifatida” va “Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (kompyuter lingvistikasi)“ yo‘nalishlariga hujjat topshirganlar ADU va O‘zDJTU qo‘shma komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rus tili va matematika fanlaridan suhbat shaklidagi imtihonlarda ishtirok etishadi;
-ikkinchi bosqichda birinchi bosqich imtihonlari natijalari bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning kamida 30%ini to‘plagan nomzodlar Davlat test markazida rus tilidan test sinovlarini topshirishadi.
Birinchi va ikkinchi bosqich imtihonlarini o‘tkazish sanasi va aniq vaqtlari 2022 yil avgust oyining ikkinchi yarmi yoki sentyabr oyi davomida e’lon qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish masalalari bo‘yicha Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limiga +998 95 194 -15 05 (ish) telefon raqami, Telegram: +998 99 877 48 47 yoki e-mail: international.uzswlu.uz@gmail.com orqali murojaat qilishingiz mumkin.