Bugun 16 iyun kuni, O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkiyaning Kavkaz universitetlari uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Prof. Dr. Ramazon Korkmaz – Kavkaz universitetlari uyushmasi rahbari boshchiligida, Prof. Dr. Murat Taş – Texas ilm va tibbiyot universiteti (AQSh) prorektori, Prof. Dr. Hasan Uslu – Niyde Oʻmer Xalisdemir universiteti rektori, Prof. Dr. Bedrıye Tunçsıper – Izmir demokratik universiteti rektori, Prof. Dr. Suleyman Özdemır – Bandrma 17 Eyyul universiteti rektori, Prof. Mehmet Bahçekaplı – Yalova universiteti rektori, Prof. Dr. M. Fatıh Andı – Fatix Sulton Mehmed universiteti rektori, Prof. Dr. Vatan Karakaya – Kirshexir Axi Evran universiteti rektori, Prof. Dr. Ahmet Gökbel – Kirshexir Axi Evran universiteti prorektori, hamda Prof. Dr. Ismet Esenyel – Girne Amerika universiteti prorektorlari ishtirok etdilar.
Tadbirni universitet rektori U. Azizov ochib berdi. Rektor oʻz nutqida bugungi kunda universitetda 300 dan ortiq talabalar turk tilini ikkinchi til sifatida oʻrganayotganligi va yaqin kelajakda bu til birinchi til sifatida oʻrganilishi rejalashtirilayotganligini aytib oʻtdi.
Uchrashuv davomida:
- Turk tili yoʻnalishi boʻyicha talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek oʻquv adabiyotlari almashinuv dasturlarini amalga oshirish
- OʻzDJTU oʻqituvchilarining Turkiya OTMda malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil qilish
- Mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) yoʻlga qoʻyish
- Turk tili boʻyicha maʼruza oʻqish va amaliy mashgʻulotlar olib borish uchun Turkiya OTM professor-oʻqituvchilarini OʻzDJTUga taklif qilish
- Hamkorlikda dolzarb masalalar boʻyicha xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida mehmonlarga estalik sovgʻalar taqdim etildi.