Home Yangiliklar ROSSIYA FEDERATSIYASINING OTMLARI BILAN TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA

ROSSIYA FEDERATSIYASINING OTMLARI BILAN TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA

by UzSWLU International

Joriy yil 22 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat pedagogika universiteti qoshidagi Chet tillar instituti rahbariyati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Online uchrashuvda mehmon tomondan Chet tillar instituti direktori, p.f.d., professor Ye.G.Tareva, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, p.f.d., professor L.G.Vikulova, institut xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, p.f.d., professor T.N.Bokova, xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, p.f.n., dosent A.S.Djanumov, roman-german filologiyasi kafedrasi mudiri, p.f.n., dosent Ye.I.Cherkashina ishtirok etishdi.

O‘zDJTU tomonidan uchrashuvda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.S.Abidjanov, Roman-german filologiyasi fakul’teti dekani A.K.Xalillaev, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X.Sh.Alimova va Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Z.B.Davronova qatnashishdi.

Uchrashuvda yangi o‘quv yilidan ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, xususan, o‘quv, ilmiy-tadqiqot va madaniy aloqalar borasida O‘zDJTU va MDPU o‘rtasida ilmiy-akademik almashuvni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma o‘quv loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar, talabalar va magistrlarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalari bilan ishtirok etishi kabi masalalar muhokama qilindi.

You may also like

Leave a Comment