Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitetning akademik hamkorligi, talabalar va o’qituvchilar o’rtasida akademik almashinuvlarni yo’lga qo’yish, kelajakda qo’shma ta’lim dasturlarini ochish borasida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toyo universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.