Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.S.Abidjanov, rus filologiyasi fakulteti dekani N.M.Ibragimova, italyan tili kafedrasi o‘qituvchisi J.J. Xudoyberdiev, shuningdek, Ca Foscari universiteti magistranti David Piloni ishtirok etishdi. O’ZDJTU va Ca-Foscari o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha imzolangan memorandum doirasida tomonlar David Pilonining 2022-2023 o‘quv yilining birinchi semestrida O‘zDJTUda rus filologiyasi fakultetida malaka oshirishini va yaqinda ochilgan O‘zDJTU italyan tili kafedrasida amaliyot o‘tashi masalasini muhokama qildilar.
Joriy yilning aprel oyida O‘zDJTU vakillari Ca-Foscari universitetiga rasmiy ravishda tashrif buyurishgan edi.

