Home Tashriflar Joriy yilning 19 avgust kuni Yaponiyaning “HIGASHIHAWA” davlat maktabi vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 19 avgust kuni Yaponiyaning “HIGASHIHAWA” davlat maktabi vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.

by Shokirjon Kholmatov

 Uchrashuv davomida vakillar universitet rahbariyati xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.S.Abidjonov bilan uchrashishdi. Uchrashuvda tomonlar ikki ta’lim muassasasi haqida qisqacha ma’lumot berib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, ilmiy va akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, O‘zDJTU va Xigashixava o‘rtasida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, nafaqat o‘quvchilar, balki umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari almashinuvi mavzusi ham o‘rganildi.

 Ta’kidlash joizki, «Xigashixava»  turli yo‘nalishlar bo‘yicha saralash musobaqalarini o‘tkazib turadi, bunda iqtidorli talabalar o‘zlarini isbotlashlari va yapon madaniyatini o‘rganish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin.

You may also like

Leave a Comment