2020-yil 5-yanvar kuni DAAD rektori Simon Krechmer bilan onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Muloqotda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A. Abidjanov va Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’i X. Yuldashev ishtirok etdi.
Tomonlar o’zaro hamkorlik masalalari, jumladan Germaniyaning Konstants amaliy fanlar universiteti bilan turizm yo’nalishida hamkorlik qilish, DAAD granti asosida turli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
A. Abidjanov, Konstants amaliy fanlar universiteti transfer dasturi asosida O’zDJTU nemis tili guruhi talabalarini Germaniyaga yuborish mumkinligi ma’lum qildi. X. Yuldashev transfer dasturi bo’yicha talabalar 2 yil O’zDJTUda va 2 yil Konstants amaliy fanlar universitetida tahsil olishi masalasini ko’rib chiqish taklifini berdi.