Bu hamkorliklar doirasida o’tkaziladigan amaliy loyihalar va uchrashuvlarda ta’lim sohasidagi so’nggi o’quv va tadqiqot tajribalari o’rganiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Dunyoning nufuzli ta’lim muassasalari nafaqat talaba va o’qituvchilarga tajriba beradi, balki, o’zaro malaka almashishda ham katta ahamiyatga ega. Bu, o’z navbatida, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
2021 yil 10 mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman – german filologiyasi fakulteti va Meksika Avtonom Milliy universiteti Tillar fakulteti bilan Zoom dasturi orqali xalqaro online anjuman bo’lib o’tdi. Bu anjumanda, shuningdek Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti mutaxassislari ham qatnashdilar.
Xalqaro anjumanni O’zDJTU Ispan tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Dilrabo Baxronova, Meksika Avtonom Milliy universitetidan professor Virna Velazkezlar boshqardi. Anjumanda Tillar fakulteti dekani Xose Alfredo Sanches Guadarrama, Roman – german filologiyasi fakulteti dekani Adilbek Xalillayev, Ispan tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Iroda Turamuratova va boshqalar ma’ruza qildilar.
Meksika va O’zbekiston o’rtasida ushbu universitetlararo muvofiqlashtirilgan madaniyat va ta’lim bo’yicha tadbir doirasida 3ta konferensiya o’tkazilishi rejalashtirilgan.