Home Yangiliklar Chet tillarni ommaviy o’rganish masalalari bo’yicha yig’ilish

Chet tillarni ommaviy o’rganish masalalari bo’yicha yig’ilish

by Shokirjon Kholmatov

Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili oʼqituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur. Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta daraja olgan o‘qituvchilarga — 40 foiz va yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama belgilanadi. Bundan tashqari, xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanadi.

Yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Shuningdek, har bir tumanda tanlov o‘tkazilib, kamida 2 nafardan ingliz tili va 1 nafardan boshqa chet tili o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yishi aytildi.

Bir oy ichida ixtisoslashtirilgan maktablarga chet ellardan kamida 2-3 nafar mahalliy tilda so’zlashuvchilarni, 5 nafarini esa universitetlarga jalb qilish rejalashtirilgan.

Chet tillari boʼyicha eng yaxshi koʼrsatkichlarga erishgan maktablarni ragʼbatlantirish uchun Prezident sovrini taʼsis etiladi. Tuman/shahar gʼolibiga 100 mln, viloyat bosqichida gʼolib boʼlgan maktabga 200 mln, respublikada birinchilikni qoʼlga kiritgan maktabga esa 500 million soʼmgacha mukofot beriladi.

Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega boʼlish talabi kiritiladi. Bundan tashqari, chet tilini bilish davlat muassasasiga ishga kirishda majburiy bo’ladi.

Prezidentning ta’kidlashicha, 2022 yildan boshlab, O’zbekiston davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimlarga tayinlashda chet tilini bilishga majburiy talabni joriy etishni rejalashtirmoqda. «Endi hokimlar ham chet tilini bilishlari kerak bo’ladi», deb ta’kidlandi. Adliya vaziri ushbu vazifani amalga oshirish «qiyin» bo’lishi mumkinligini aytib o’tdi. Shavkat Mirziyoyev bu fikrga qoshildi , ammo bu davr talabi ekanligini ham aytib o’tdi.

Rus tilida tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=3gO6FsdK8KA

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

You may also like

Leave a Comment