2021 yil 19 noyabr kuni OʼzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetiga Frantsiyaning Oʼzbekistondagi elchixonasi Taʼlim boʼyicha mintaqaviy aloqalar attashesi Serj BELLINI janoblari hamda elchixonaning madaniy aloqalarga koʼmaklashish boʼlimi xodimi Ulugʼbek Mansurovlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yuqori martabali mehmon universitetda frantsuz tilining oʼqitilishi, oʼqituvchilar va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan birgalikda Fransuz tili amaliy fanlar hamda fransuz tili nazariy fanlar kafedralari professor-oʼqituvchilari bilan suhbat tashkil etildi. Davra suhbatining asosiy qismida quyidagi takliflar muhokama qilindi:
• OʼzDJTUda frantsuz tili taʼlimini yanada ommalashtirish va zamonaviylashtirish;
• Oʼquv dasturlari qatoriga zamon talabidan kelib chiqqan holda yangi fanlar va modullarni kiritish;
• Magistratura bosqichida Lingvistika (frantsuz tili) mutaxassisligidan tashqari Fransuz til chet tili sifatida, Fransuz adabiyoti, sohalar boʼyicha tarjimashunoslik kabi yangi mutaxassiliklarni joriy etish;
• Frantsiya universitetlari bilan keng qamrovli aloqalarni oʼrnatish imkoniyatlarini oʼrganish.
Аttashe Serj BELLINI fakultet jamoasi bilan muloqot qilar ekan, doimo hamkorlikka tayyor ekanligi va frantsuz tilining oʼqitilishini yanada rivojlantirishga birdek masʼul ekanligini bir necha bor taʼkidlab oʼtdi.
Uchrashuv yuqori saviyada oʼtdi va mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʼalari taqdim etildi.
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»