Bugun, 2022 yil 30 may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari univrsitetining Tarjimonlik fakultetida Italyan tili kafedrasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tantanali ravishda boshlanib, unda rektor U.Azizov, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi A.Pinna, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Kamilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Italiya parlamenti bilan hamkorlik guruhi raisi Q.Jo‘raev, Italiyaning Perudja universiteti professorlari Marko P. Legler, Antonietta Gobbis, O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘icha prorektori A.Abidjanov va boshqalar ishtirok etishdi.
Shu kuni mehmonlar uchun badiiy tadbir ham uyushtirilib, unda italyan tilini katta qiziqish bilan o‘rganayotgan talabalar she’r, qo‘shiq, monolog va saxna ko‘rinishlari ijro etdilar. Ta’kidlab o‘tish joizki, tadbirda barcha mehmonlar o‘z qo‘tlov so‘zlari bilan ishtirok etib, Perudja universiteti rektori tabrigi onlayn formatda namoyish etildi.