Buyuk Britaniyaning Varvik universitetining Malaka oshirish kurslari rahbari, Amaliy tilshunoslik markazi mutaxassisi hamda Biznesni rivojlantirish menejeri Jonathan French 26 fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ganisher Rahimov bilan uchrashdi. Shuningdek, uchrashuvda O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy – amaliy markazi rahbariyati ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar, Vorvik universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili mutahassislarini qo’shma dasturlar asosida tayyorlash, talabalar uchun yozgi til kurslari va almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish, qolaversa Vorvik universitetida o’qituvchilar malakasini oshirish kurslari va stajirovkalar tashkil qilish yuzasidan muzokaralar olib borishdi.
Shu kuni Jonatan French, Ingliz tili fakulteti dekani A.Yuldashev hamda universitet professor-o’qituvchilari bilan kelgusi ishlar rejasini muhokama qilishdi.