Home Intervyular UzSWLU International saytining navbatdagi mehmoni Shaxzoda Akramova

UzSWLU International saytining navbatdagi mehmoni Shaxzoda Akramova

by Shokirjon Kholmatov

Shaxzoda  O’zbekiston  davlat  jahon  tillar  universiteti  roman – german  filologiyasi  fakulteti  (ispan  tili)  3 – kurs  talabasi,  hozirda  Evropa  Ittifoqining  ERASMUS+  KA107  almashinuv  dasturi  doirasida  Ispaniyaning  Valladolid  Universitetida  (10.02.21-10.07.2021)  tahsil  olmoqda.

   1. O’zingiz  haqingizda  qisqacha  ma’lumot.

Mening  ismim  Shaxzoda.  Men  20  yoshdaman.  Men  Toshkent  shaxridanman.  O’zbekiston  davlat  jahon  tillar  universitetining  roman – german  filologiyasining  3 – kurs  talabasiman.  Bu  semester  men  Ispaniyaning  Valladolid  universitetida  o’qiyapman.  Va  bu  almashinuv  dasturida  mening  birinchi  tajribam.

   2. Nega  xorijda  bakalavr  yoki  magistr  darajasida  o’qishga  qaror  qildingiz?

Men  uchun,  Xorijiy  tilni  o’rganish  haqiqattan  ham  muhim  va  men  o’zimning  til  ko’nikmalarimni  rivojlantirish  va  boyitish,  madaniyatini  va  mahalliy  aholini  yaxshiroq  tushunish,  shuningdek,  yangi  bilim  va  tajribaga  ega  bo’lish  uchun  xorijiy  tilida  so’zlashadigan  mamlakatga  borib  tajriba  ortirish  kerakligini  bilardim.

   3. Nega  siz  o’qiyotgan  dasturni  tanladingiz?

Men  ushbu  dasturni  2  sababga  ko’ra  tanladim.  Birinchidan,  men  o’qiyotgan  universitet  har  xil  reytinglarga  ko’ra  haqiqatdan  ham  yaxshi,  shuning  uchun  mening  o’qishim  turli  xil  ta’lim  yo’nalishlari  va  qiziqarli  intizomlarga  to’la;
Ikkinchidan,  dastur  chet  ellik  talabalar  uchun  juda  moslashtirilgan,  shuning  uchun  bu  yerda  ko’plab  xorij  talabalar  bor  va  ular  bilan  do’stlashish  juda  qiziqarli.

   4. Chet  elda  bakalavr \ magistr  darajasini  olish  osonmi?  Chet  elga  kirish  uchun  qanday  talablar  mavjud?

Universitet  tomonidan  chet  elda  bir  muddat  bakalavr  darajasida  o’qish  uchun  talabalar  o’rtasida  grant  olishga  siz  ko’plab  hujjatlarni  rasmiylashtirishingiz  va  yaxshi  o’rganishingiz  kerak.  Shuningdek,  shu  ko’p  ishlar  qilish  kerak  lekin  men  xorijga  ketish  uchun  hujjatlar  yig’yotganimda  meni  tajribam  juda  kam  edi,  ayniqsa  dunyo  pandemic  vaziyatga  bog’liq  bo’lib  turgan  paytda.  Grant  yutish  uchun  sizning  universitetingizdan  ko’plab  turli  xil  hujjatlar,  tarjimai  hollar,  motivatsiya  va  tavsiyanomalar,  o’qishlaringiz  ro’yxati,  sertifikatlar  va  boshqa  ko’p  narsalar  talab  qilinadi.

   5. Nima  uchun  ular  sizni  tanladilar  deb  o’ylaysiz?

O’ylaymanki,  meni  tanlaganligining  asosiy  sababi  xorijiy  tiliga  (Ispan  tili)  meni  ishtiyoqim  juda  baland  edi  va  o’qish  davomida  ham  bor  kuchim  sarflashga  harakat  qildim.

   6. Siz  kabi  chet  elda  o’qishni  va  grant  yutishni  istagan obunachilarimizga  qanday  amaliy  maslaxat  bera  olasiz?

Mening  taklifim  shuki,  nima  uchun  aynan  chet  elda  o’qish  kerakligi,  erishmoqchi  bo’lgan  maqsadlaringiz  va  chet  elda  o’qish  qanday  qilib  uni  targ’ib  qilishi  mumkinligi,  o’qimoqchi  bo’lgan  joyingizga  qanday  foyda  keltirmoqchi  ekanligingizni  va  a’lo  yozilgan  motivatsiya  xati  tuzishingizni  yaxshilab  tushunib  aniqlab  olish  kerak.  Yaxshi  motivatsiya  xatini  yozish  uchun  vaqt  kerak,  shuning  uchun  uni  iloji  boricha  tezroq  boshlash  foydaliroq.

   7. Xorijda  o’qish  uchun  ishni  nimadan  boshladingiz?

Hujjatlarni  yig’ishga  1 – yil  vaqt  ketdi,  dastur   e’lon  qilingan  va  qabul  qilish  muddati  belgilanganidan  boshlab,  kerakli  hujjatlarni  tayyorlashni  boshladim.

   8. Qisqa  muddatli  rejalaringiz  qanday?

Xorijda  o’qish  davrida  ispan  tili  bilan  shug’ullanishni  va  iloji  boricha  uni  takomillashtirishni  va  o’z  sohamda  malakali  mutaxassis  bo’lish  uchun  astoydil  o’rganishni  rejalashtirmoqdaman.  Bundan  tashqari,  men  haqiqatan  ham  muhim  va  unutilmasligi  kerak  bo’lgan  sog’lom  turmush  tarzini  olib  borish  uchun  sport  bilan  faol  shug’ullanishni  o’ylayapman.

Islomova Dilfuza Suhbatlashdi.

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

You may also like

1 comment

Zilola Jamolova Aprel 4, 2021 - 11:22 pm

Shaxzoda, juda havas qildim. Ishlaringizga omad. Suhbat uchun raxmat!

Leave a Comment