Home Stipendiyalar Tojikiston va O’zbekiston talabalari uchun JACAFA Nippon Foundation stipendiya dasturi.

Tojikiston va O’zbekiston talabalari uchun JACAFA Nippon Foundation stipendiya dasturi.

by Shokirjon Kholmatov

Talablar:

  1. Baholar: Talabalardan 4 balli shkala bo’yicha kamida 3.0 ball yoki undan yuqori ball talab qilinadi. Ulardan ushbu o’rtacha miqdorni butun stipendiya muddati davomida saqlab turish talab qilinadi.
  2. Til bilish to’g’risida sertifikat : Ingliz tilida yaxshi nutq va yozma qobiliyatini tasdiqlovchi hujjat TOEFL, IELTS yoki TOEIC sertifikati va / yoki tugallangan ingliz tili kurslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak. Arizachilar va JACAFA o’rtasidagi barcha aloqa ingliz tilida va elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
  3. Har bir ariza topshiruvchi stipendiya dasturi taqdim etiladigan mamlakatning mahalliy fuqarosi bo’lishi kerak. Binobarin, har bir ariza topshiruvchi vakolatli davlat muassasasi tomonidan berilgan, fuqaroligini tasdiqlovchi haqiqiy hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart.
  4. Har bir ariza topshiruvchi o’z mamlakatining tegishli davlat muassasasi tomonidan berilgan, ariza topshiruvchining sudlanganligi yo’qligini tasdiqlovchi haqiqiy va amaldagi hujjatni taqdim etishi shart.
  5. Talabalar yuqorida sanab o’tilgan mamlakatlarning birida, kunduzgi universitet talabasi bo’lishi kerak.
  6. Talabada, stipendiya dasturining boshlanish vaqtidan, bitiruvigacha to’liq ikki o’quv yili qolgan bo’lishi kerak. Masalan: agar talabaning o’qish dasturida bitiruvga qadar to’rtta o’quv yili bo’lsa, talaba stipendiya olishni boshlagan paytda uchinchi o’quv yilini boshlashi kerak.
  7. Mumkin sohalar: Ijtimoiy fanlar, kompyuter muhandisligi yoki IT muhandisligi.
  8. Barcha talabalar stipendiya boshlanadigan vaqtda 23 yosh va undan quyi bo’lishi kerak.

Grant miqdori: Oyiga 100 evro

Stipendiya mablag’lari o’qishni muvaffaqiyatli yakunlash va boshqa akademik tadbirlarni o’tkazish uchun ishlatilishi kerak (masalan, darsliklar sotib olish yoki maxsus kurslar yoki seminarlarda qatnashish uchun to’lovlar).

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2021 yil 18-aprel

Arizalarni ko’rib chiqish: 2021 yil mart-may oylari

Suhbat: 2021 yil mart-may oylari

Yakuniy tanlov va e’lon: 2021 yil may

Kerakli hujjatlar:

Yuqoridagi hujjat talablaridan tashqari, har bir nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  1. Talaba o’qiyotgan universitet tomonidan taqdim etilgan talabaligini tasdiqlovchi hujjat.
  2. Eng so’nggi universitet tomonidan taqdim etilgan baholar nusxasi.
  3. Ariza shakli
  4. Insho
  5. Professorlardan ikkita (2) va undan ortiq tavsiya xatlari.

Qanday murojaat qilish kerak:

  1. Dastlab job.alif.tj platformasida ro’yxatdan o’tish
  2. Dasturning shartlari bilan tanishish
  3. CV-ni yuklash va yuborish
  4. Testni topshirish (job.alif.tj saytida CV yuborilgandan keyin JACAFA testi)

Yuqoridagi barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar keyingi tanlov jarayonlari uchun bog’laniladi.

Batafsil: https://job.alif.tj/vacancy/36/1

Bog’lanish uchun:

Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291

Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847

Bizning E-mail:  international.uzswlu.uz.gmail.com

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram |

«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering«

You may also like

Leave a Comment