Bir qancha obunachilar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi joriy yilda ajratgan 350 ta grantga ariza topshirish haqida savollar bilan murojaat qilishmoqda.
Aslida hujjat topshirish jarayoni boʻyicha jamgʻarma saytida batafsil yoʻriqnoma keltirilgan. Toʻgʻri, undagi ayrim hujjatlar juda uzun. Lekin chindan jamgʻarma grantini yutmoqchi boʻlsangiz, erinmasdan oʻqib chiqishingiz kerak boʻladi.
Quyida ushbu yoʻriqnoma qismlarini keltirib oʻtamiz:
Grantga saralash tartibi boʻyicha Nizom. Mazkur nizomda nomzod va oʻqish mumkin boʻlgan oliygohlarga qoʻyilgan talablar, saralash tartibi, stipendiya turlari, hujjatlarni qabul qilish tartibi va boshqa barcha masala batafsil keltirilgan.
Onlayn hujjat topshirish boʻyicha qoʻllanma. Qoʻllanmaga jamgʻarma grantlaridan biri uchun qanday qilib hujjat topshirish rasmlar bilan tushuntirilgan.
Ajratilgan oʻrinlar soni. Bunda har bir bosqich va taʼlim sohalari boʻyicha nechta grant ajratilgani batafsil keltirilgan.
Koʻp beriladigan savollarga javoblar.
Jamgʻarma bilan bogʻlanish uchun kontaktlar.
Grant uchun hujjatlar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»