2021 yil 4 iyun kuni O’zDJTUda 15 yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan Italiyalik mutaxassislar Marko Paoli Legler va Legler xonim bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda rektor U. Azizov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A. Abidjanov, Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’i X. Yuldashev ishtirok etdi. Suhbat davomida universitetda italiyan tilini o’qitish sifati va samarasini oshirish hamda Italiya oliy ta’lim muassasalari, xususan Venetsiyadagi Ka Foskari universiteti bilan talabalar va o’qituvchilar almashinuvi, til amaliyotini tashkil qilish hamda boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»