Home Yangiliklar DIQQAT! MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI BILAN QO’SHMA TA’LIM DASTURIGA QABUL BOSHLANDI!

DIQQAT! MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI BILAN QO’SHMA TA’LIM DASTURIGA QABUL BOSHLANDI!

by UzSWLU International

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O’zDJTU) va Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi. 

Ta’lim yo’nalishi: Lingvistika: Tillar va madaniyatni o’qitish nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)

O’qish muddati: 4 yil – 3 yil O’zDJTUda va 1 yil MDLUda.

O’qishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – O’zDJTU va MDLUning davlat namunasidagi  diplomlari beriladi.

Совместная образовательная программа УзГУМЯ и МГЛУ – UzSWLU: International

Dastur doirasida o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar ingliz tili o’qituvchilari sifatida ishlashi, a’lo baholarga bitirganlar esa tarjimon, davlat organlari xizmatchilari sifatida, shuningdek til markazlari, ommaviy axborot vositalarida hamda Rossiya Federatsiyasi universitetlari bitiruvchilari bilan bir qatorda Rossiyada ishlashlari mumkin.      

Talab qilinadigan hujjatlar:

  1. MDLU rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi).
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan.
  4. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).

MUHIM: Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda international.uzswlu.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Yuborilgan vaqtda “Тема” degan joyga abiturientning F.I.Sh. va “MDLUga hujjatlar” degan yozuv kiritilishi lozim.

Online tarzda hujjatlarni topshirish uchun havola.

Online anketa faqat kirill alifbosida rus tilida to’ldirilishi shart!

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 20-iyundan boshlanadi.

Batafsil ma’lumotni quyida PDF shaklda yuklab oling!

Qabul-MDLU-UZSWLU-2022

Anketa МDLU (rus tilida)

Ariza MDLU1 (rus tilida)

Ariza MDLU2 (rus tilida)

You may also like

Leave a Comment