Tashrif doirasida seminar va davra suhbatlari tashkillashtirish, amaliy shartnomalar tuzish ko’zda tutilgan. Jumladan, 25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ispaniyaning Salamanka shahrida joylashgan Universidad Pontificia de Salamanca universiteti vakillari bilan o’zaro ilmiy-tadqiqot, o’quv-uslubiy ishlarini rivojlantirish hamda talaba va o’qituvchilar mobilligini yo’lga qo’yish bo’yicha Memorandum imzolanishiga kelishib olindi.



