Shaxzoda O’zbekiston davlat jahon tillar universiteti roman – german filologiyasi fakulteti (ispan tili) 3 – kurs talabasi, hozirda Evropa Ittifoqining ERASMUS+ KA107 almashinuv dasturi doirasida Ispaniyaning Valladolid Universitetida (10.02.21-10.07.2021) tahsil olmoqda.
1. O’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot.
Mening ismim Shaxzoda. Men 20 yoshdaman. Men Toshkent shaxridanman. O’zbekiston davlat jahon tillar universitetining roman – german filologiyasining 3 – kurs talabasiman. Bu semester men Ispaniyaning Valladolid universitetida o’qiyapman. Va bu almashinuv dasturida mening birinchi tajribam.
2. Nega xorijda bakalavr yoki magistr darajasida o’qishga qaror qildingiz?
Men uchun, Xorijiy tilni o’rganish haqiqattan ham muhim va men o’zimning til ko’nikmalarimni rivojlantirish va boyitish, madaniyatini va mahalliy aholini yaxshiroq tushunish, shuningdek, yangi bilim va tajribaga ega bo’lish uchun xorijiy tilida so’zlashadigan mamlakatga borib tajriba ortirish kerakligini bilardim.
3. Nega siz o’qiyotgan dasturni tanladingiz?
Men ushbu dasturni 2 sababga ko’ra tanladim. Birinchidan, men o’qiyotgan universitet har xil reytinglarga ko’ra haqiqatdan ham yaxshi, shuning uchun mening o’qishim turli xil ta’lim yo’nalishlari va qiziqarli intizomlarga to’la;
Ikkinchidan, dastur chet ellik talabalar uchun juda moslashtirilgan, shuning uchun bu yerda ko’plab xorij talabalar bor va ular bilan do’stlashish juda qiziqarli.

4. Chet elda bakalavr \ magistr darajasini olish osonmi? Chet elga kirish uchun qanday talablar mavjud?
Universitet tomonidan chet elda bir muddat bakalavr darajasida o’qish uchun talabalar o’rtasida grant olishga siz ko’plab hujjatlarni rasmiylashtirishingiz va yaxshi o’rganishingiz kerak. Shuningdek, shu ko’p ishlar qilish kerak lekin men xorijga ketish uchun hujjatlar yig’yotganimda meni tajribam juda kam edi, ayniqsa dunyo pandemic vaziyatga bog’liq bo’lib turgan paytda. Grant yutish uchun sizning universitetingizdan ko’plab turli xil hujjatlar, tarjimai hollar, motivatsiya va tavsiyanomalar, o’qishlaringiz ro’yxati, sertifikatlar va boshqa ko’p narsalar talab qilinadi.
5. Nima uchun ular sizni tanladilar deb o’ylaysiz?
O’ylaymanki, meni tanlaganligining asosiy sababi xorijiy tiliga (Ispan tili) meni ishtiyoqim juda baland edi va o’qish davomida ham bor kuchim sarflashga harakat qildim.
6. Siz kabi chet elda o’qishni va grant yutishni istagan obunachilarimizga qanday amaliy maslaxat bera olasiz?
Mening taklifim shuki, nima uchun aynan chet elda o’qish kerakligi, erishmoqchi bo’lgan maqsadlaringiz va chet elda o’qish qanday qilib uni targ’ib qilishi mumkinligi, o’qimoqchi bo’lgan joyingizga qanday foyda keltirmoqchi ekanligingizni va a’lo yozilgan motivatsiya xati tuzishingizni yaxshilab tushunib aniqlab olish kerak. Yaxshi motivatsiya xatini yozish uchun vaqt kerak, shuning uchun uni iloji boricha tezroq boshlash foydaliroq.

7. Xorijda o’qish uchun ishni nimadan boshladingiz?
Hujjatlarni yig’ishga 1 – yil vaqt ketdi, dastur e’lon qilingan va qabul qilish muddati belgilanganidan boshlab, kerakli hujjatlarni tayyorlashni boshladim.
8. Qisqa muddatli rejalaringiz qanday?
Xorijda o’qish davrida ispan tili bilan shug’ullanishni va iloji boricha uni takomillashtirishni va o’z sohamda malakali mutaxassis bo’lish uchun astoydil o’rganishni rejalashtirmoqdaman. Bundan tashqari, men haqiqatan ham muhim va unutilmasligi kerak bo’lgan sog’lom turmush tarzini olib borish uchun sport bilan faol shug’ullanishni o’ylayapman.
Islomova Dilfuza Suhbatlashdi.
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»

1 comment
Shaxzoda, juda havas qildim. Ishlaringizga omad. Suhbat uchun raxmat!