Umidjon, universitetlararo grant sovrindori O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Roman-german filologiyasi fakulteti 4- kurs talabasi, hozirda Fransiyaning Cergy Parij Universitetida tahsil olyapti.
1. O’zingiz va o`qishingiz haqida qisqacha ma’lumot.
Men Sobirov Umidjon, 23 yoshman. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti (fransuz tili) 4-kurs talabsiman. Hozirda Fransiyaning Cergy Parij Universitetida ERASMUS+ “Credit Mobility” talabalar almashinuvi bakalavriatura dasturi asosida (22.01.21-18.06.21) tahsil olmoqda. Bu erda biz oyiga 850€ stipendiya olamiz. Xarajatlar to’liq qoplandi, aviabiletlar va med.strahovka ham ichida.
2. Chet elda Bakalavrga yoki Magistraturaga o’qishga kirish osonmi? O’qishga kirish talablari qanaqa?
Mening fikrimcha, Fransiyada o’qishga kirish qiyin deb ayta olaman,oldin osonroq edi. Fransiyalik talaba ham, boshqa davlat talabalari ham bir xil o’qish haqqi to’lashgan 300€. Hozirda Fransiyalik talabalar uchun o`qish narxi o’zgarmagan, lekin boshqa davlat talabalari uchun 10 barobar oshgan 2700 – 3440€. Fransiyada o’qishni xohlovchilar BGF dasturi (Bourses du Government Francais) scholarship of the French Government orqali ingliz tilida va fransuz tilida ariza topshirishlar hamda ERASMUS dasturining Master Joints Degreesi dasturi orqali Evropaning istalgan universitetlariga hujjat topshirishlari mumkin. Bunda ishtirokchining ilmiy tadqiqot ishlari, turli xalqaro konferensiyalarda ishtiroki to`g`risidagi sertifikatlar va diplomlari bo’lsa yutish ehtimoli katta.
3. O’qishga topshirishda o’zingiz qo’llagan strategiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o’tsangiz.
Men qo’llagan strategiya juda oddiy, talablarga mos ravishda tayyorgarlik ko’rish bo’lgan:
• Kafedramiz fransiyada o’qish imkoniyati haqidagi xabarni e’lon qildi va belgilangan muddatda o’zingiz haqingizda, rejalaringiz, bu programmadan nimani rejalashtiryapsiz shular haqida 3-4 minutlik video tayyorlab jo’natish kerak edi.
• Grant berishga asos bo’ladigan sertifikatlarim (CEFR sistemasida B2 va C1 sertifikatlar) mavjudligi.
4. Siz topshirgan programmaga nechta grant o’rin ajratilgan?
Nechta grant o’rin ajratilgani bilmayman lekin o’rinlar ko’p bo’lmasligi aniq. Bizni universitetda 2 ta talaba va Samarqand chet tillar institutidan ham 2 ta talaba qiz birga ketganmiz. Hozir bu yerda bir birimizni qo’llab quvvatlab, o`qimoqdamiz.
5. Nima deb o’ylaysiz, nimaga aynan sizni tanlashdi?
Meni tanlashiga asosan 3 ta omil ro`l o’ynagan deb o’ylayman.
• Birinchidan, mening fransuz tili qobiliyatim bo’lganligi sababli.
• Ikkinchidan, talab qilingan hujjatlar orasida darsdan tashqari faoliyati bandi bo’lib, unda turli yutuq va mukofotlarga erishganlik so’ralgandi. Tabiiyki, tepada aytgandim, meni sertifikatlarim (CEFR sistemasida B2 va C1 sertifikatlar) mavjudligi va Navoiy stipendiyasiga nomzod bo’lganman.
• Uchinchidan, universitetdagi baholarim yuqori edi va bu ham o’z o’rnida muhim ro`l o’ynagan deb o`ylayman.
6. Sizga o’xshab chet elda o’qimoqchi va grant yutmoqchi bo’lgan obunachilarimizga qanday amaliy maslaxatlar bera olasiz?
O’z mutaxassisligingizni aniqlab oling. Asosiy hujjatlar hisoblangan CV va Motivation letter kabi hujjatlarga alohida e’tibor bering. Ilmiy tadqiqot ishlari, konferensiyada qatnashgan sertifikat, diplomlar bo’lsa qo’shimcha ball olib beradi. Hujjatlarni juda erta tayyorlashni boshlash kerak.
7. Yaqin muddatli rejangiz qanaqa?
Hozir xorijda Magistratura o’qish uchun grantlar izlayapman. O’zimni bilimlarimni yanada rivojlantirishni o’ylayapman.
Islomova Dilfuza suhbatlashdi.
Bog’lanish uchun:
Ofis telefon raqami: +998 71 230 1291
Telegram/WhatsApp raqamlari: +998 99 877 4847
Bizning E-mail: uzswlu.international.uz@gmail.com
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram |
«Ushbu veb-sayt O’zDJTU talabalari tomonidan boshqariladi, shuning uchun biron bir xato topsangiz, bizga xabar bering»