O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash oliy ta’lim muassasalarining asosiy faoliyati etib belgilandi. Mazkur dasturda mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan xorijiy davlatlarning etakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi ta’lim va ilm-fanning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Hozirgi kunda universitet AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Belgiya, Ruminiya, Polsha, Gretsiya, Latviya, Misr, Yaponiya, J.Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan quyidagi yo‘nalishlarda qisqa va uzoq muddatli xalqaro hamkorlik faoliyatini olib borilmoqda:
- talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
- malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
- madaniy almashinuv;
- xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish va Kelishuv shartnomalarini imzolash;
- hamkorlikda xalqaro konferensiya va videokonferensiyalar o‘tkazish;
- oliy malakali mutaxassislarni ma’ruzalar o‘qish, seminar-trening va master-klass o‘tkazishga jalb qilish;
- yangi o‘quv adabiyotlari, dasturlar yaratishda xalqaro mualliflar guruhini shakillantirish;
- xalqaro loyihalar va grantlarda ishtirok etish;
- ilmiy maqolalarni xorijiy jurnallarda nashr qilishdagi hamkorlik;
- professor-o‘qituvchilarni, ilmiy yo‘nalishdagi doktorantlarni, magistr va talabalarni xorijiy xizmat safariga yuborish;
- ilmiy rahbar va maslaxatchilikka hamkor OTM professor-o‘qituvchilarini etakchi tashkilot mutaxassisi sifatida jalb etish;
- O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchixona, vakolatxona va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faol ish olib borish;
- universitetga tashrif buyurayotgan xorijiy delegatsiyalarni kutib olish;
- Vazirliklar tomonida o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarga tarjimon-volontyorlarni shakllantirish va ishtirokini ta’minlash;
- xorijdan tashrif buyuradigan mutaxassislar va talabalarning viza talabnomasini rasmiylashtirish, viza muddatini uzaytirish hamda vaqtincha ro‘yhatga qo‘yish;
- xorijiy hamkorlar bilan doimiy muloqatda bo‘lish, rasmiy yozishmalarni o‘z vaqtida amalga oshirish va hkz.